Toshkent 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Toshkent yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari va Paraosiyo o‘yinlarini bir yilda va bir joyda qabul qilgan ilk shahar bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025-yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilgi yoshlar o‘rtasida IV Paraosiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun qit’aning bir qator yetakchi davlatlari da’vogarlik qilgan. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Toshkent shahri nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Xabarda yozilishicha, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.
O‘tgan yilning avgust oyida yoshlar o‘rtasidagi 2025-yilgi Osiyo o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi.
2025 yilda Toshkent shahri yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish orqali yirik kompleks musobaqalarni qabul qilish borasida yana bir imtihondan o‘tadi, deya qo‘shimcha qilingan qo‘mita xabarida.
O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘radi