TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Urugvaylik qo‘shiqchi va aktrisa Nataliya Oreyro koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.
“Ha, albatta, biz birinchi olgan vaksina “Sputnik V” edi. Ha, “Sputnik”ning ikki dozasi bilan (emlandim – tahr.). Juda yaxshi”, - dedi Oreyro NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Aktrisa kelajakda koronavirusga qarshi boshqa vaksinalar bilan emlanish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Yaqinda hozir Buenos-Ayresda istiqomat qilayotgan Nataliya Oreyro Rossiya fuqaroligini olgan edi.