Putin koronavirusga qarshi qayta emlandi

Rossiya prezidenti “Sputnik Layt” vaksinasi qayta emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi qayta emlandi. Bu haqda u Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Denis Logunov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bugun sizning tavsiyangiz va hamkasblaringizning tavsiyasi bilan men yana bitta “Sputnik Layt” vaksinasni oldim. Bu qayta emlanish deb ataladi”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u emlangandan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bahor oyida koronavirusga qarshi “Sputnik V” bilan to‘liq emlangan edi. U Rossiya vaksinalari xavfsiz va samarali ekanini bir necha bor ta’kidlagandi.
The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi