TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik karatechi Doston Otabolayev tarixda ilk bor WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Hozir BAAning Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Finalda milliy terma jamoa a’zosi Doston Otabolayev (-75 kg) misrlik Abdulla Abdulaziz ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.
JChda O‘zbekiston vakillari yana 4ta bronza medalini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.