O‘zbekistonda “Qalqon” zirhli avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi - foto

“Qalqon” zirhli avtomobillar barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonda “Qalqon” yengil zirhli avtomobillarni ishlab chiqarish boshlandi. Ular Mudofaa sanoati kompleksi korxonalaridan birida ishlab chiqarilmoqda.
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yangi ishlab chiqarilgan zirhli avtomobil kuch ishlatar vazirlik va tegishli ekspert komissiya tomonidan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.
1 / 5
Legkobronirovanniy avtomobil "Qalqon"
2 / 5
Legkobronirovanniy avtomobil "Qalqon"
3 / 5
Legkobronirovanniy avtomobil "Qalqon"
4 / 5
Legkobronirovanniy avtomobil "Qalqon"
5 / 5
Legkobronirovanniy avtomobil "Qalqon"
“Qalqon”ning taktik-texnik tavsiflari buyurtmachilar takliflari asosida yanada takomillashtirilgan. Mamlakat Qurolli kuchlarining talablariga va xalqaro tan olingan standartlar meyorlariga mos kelishi tasdiqlangan.
Hozir bu avtomobillar seriyali ishlab chiqarilib, O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalariga yetkazib berilmoqda.
O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemot ishlab chiqarildi – video