TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Bu prezident imzolagan yangi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Tegishli qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
Endi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.
Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.