Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qildi

Bugun tongda Murodjon Ahmadaliyev chilik raqibini yengib boksning ikki yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qildi.

Bugun erta tongda o‘zbekistonlik professional bokschi AQShning Nyu-Xempshir shtatida joylashgan Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan jangda unga qarshi chililik Xose Velaskes ringga ko‘tarildi.
To‘liq, 12 raund davom etgan jangda hakamlarning barchasi 119-109 hisobida hamurtimiz g‘alaba qozonganligini e’tirof etishdi. Shu tariqa Murodjon o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini yana bir bor qo‘lida saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, yanim yengil vaznda (55kg) ringga chiqqan Murodjon Ahmadaliyev 2020-yil fevralida 8ta professional jangdan so‘ng boksning 2ta yo‘nalishi - WBA va IBF bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi bokschiga bo‘lgan edi.