TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Toshkentda Bobur nomidagi Ekoparkda sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan marafon bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot xodimlari va barcha faol sport ishqibozlari ishtirok etishdi.
U yerda 100 nafardan ortiq turli yoshdagi faol hayot tarzi ishqibozlari quvnoq musiqa sadolari ostida badantarbiya mashqlarini bajarishdi. Ushbu tadbirda 63-yoshli bosh vazir o‘rinbosari Elmira Basitxanova ham shaxsan ishtirok etib ishtirokchilarga namuna ko‘rsatdi.
Ommaviy badantarbiya mashqlarida Sputnik muxbiri ham ishtirok etdi. Shu bois ixtiyorimizda ushbu ajoyib kadrlar paydo bo‘ldi.