Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib keldi

Vnukovo aeroportida O‘zbekiston prezidentini Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslarkutib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samolyoti “Vnukovo-2” aeroportiga kelib qo‘ndi.
Aeroportda O‘zbekiston prezidentini Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslarkutib olishdi.
Shavkat Mirziyeyev pribil s ofitsialnim vizitom v Rossiyu
Bugun Moskvada Vladimir Putin Shavkat Mirziyovning uchrashuvi hamda hujjatlar imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi. Prezidentlar shuningdek ikki davlatning strategik va ittifoqchilik munosabatlarini, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.
Shavkat Mirziyeyev pribil s ofitsialnim vizitom v Rossiyu
Shuningdek rahbarlar xalqaro va hududiy muammolar, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishadi .
Shavkat Mirziyoyev uchun ushbu tashrif yangi prezidentlik davrida xorijiy mamlakatga amalga oshirilgan birinchi rasmiy tashrif bo‘ladi.
Shavkat Mirziyeyev pribil s ofitsialnim vizitom v Rossiyu
Malumot uchun O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. 18-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan ikki davlat TIV rahbarlari uchrashuvida Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov tomonlarning Oliy darajadagi uchrashuvga tayyorlik darajasi yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi.