TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatida “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni muhokama qilindi va ma’qullandi.
Ushbu qonun "favqulodda holat" vaziyatini kiritishda vujudga keladigan turli munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Xususan:
favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi;
qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar;
favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari;
favqulodda holat sharoitida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek mansabdor shaxs huquqlarining kafolatlari;
favqulodda holat sharoitlarida sudlarning faoliyatini tartibga solish;
va boshqa maxsus qoidalar belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek ushbu qonunda favqulodda choralar ta’siri doirasi, mahalliy va xorijiy fuqarolarga, yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
Undan tashqari Favqulodda holatning amal qilish muddati 30 sutkadan oshishi mumkin esam deb belgilangan. Faqat ayrim hududlarda FH 60 sutkagacha davom etishi mumkin. FHni uzaytirish faqat O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan amalga oshiriladi.
Favqulodda holat rejimini ta’minlashda Ichki ishlar, FVV, Milliy gvardiya, DXX va boshqa davlat organlari jalb etiladi. Alohida hollarda prezident farmoniga asosan Mudofaa vazirligining kuchlari ham jalb etilishi mumkin.
Shuningdek, Qonun bilan favqulodda holat joriy qilingani haqida chegaradosh davlatlarga diplomatik kanallar orqali xabar beriladi.