O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston YeOII davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor – Abdulla Aripov

Pandemiyaga qaramay O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi o‘smoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor. Bu hamkorlik “yo‘l xaritasi”ning asosiy bosqichlarini bosh vazir Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi dunyodagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay rivojlanmoqda, dedi u videokonferensiya formatidagi yig‘ilishda.

Birinchidan, pandemiya davom etayotganiga qaramay, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi jadal o‘sib bormoqda. 10 oy yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 30 %ga oshdi

Abdulla Aripov
O‘zbekiston bosh vaziri
Qo‘shma ishchi guruh joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda O‘zbekistonning kengash mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligini muhokama qildi. Hozir respublikaning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston YeOIIga a’zo davlatlar bilan savdo protseduralarini raqamlashtirishdan manfaatdor. Xususan, temir yo‘l yuk tashishni raqamlashtirish amaliy qiziqish uyg‘otmoqda.
Bundan tashqari, ittifoq doirasida yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro ta’minotni ko‘paytirish O‘zbekiston manfaatlariga mos keladi.
"O‘zbekiston YeOIIga zarur bo‘lgan bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kafolatli yetkazib berishni amalga oshirishga tayyor. O‘z navbatida, biz ham ittifoq davlatlaridan oziq-ovqatning ayrim turlarini xarid qilishdan manfaatdormiz", - dedi Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning qo‘shma dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.
2020 yil dekabr oyi boshida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
Ayni paytda Yerevanda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida YeOIIga a’zo davlatlar vakillari Covid-19’ga qarshi kurash choralari va tashkilot doirasidagi hamkorlikning boshqa shakllarini muhokama qilmoqda.