O‘zbekiston birinchi business jet samolyotiga ega bo‘ldi - video

O‘zbekistonda Pilatus PC-12 samolyotidan foydalanish boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Uzbekistan Airways Shveysariyaning Pilatus Aircraft aviaqurilish kompaniyasi ishlab chiqargan Pilatus PC-12 birinchi havo kemasidan foydalanishni boshladi.
Turbopropellerli samolyot 8 nafargacha yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan.
UzAirways’ga ko‘ra, respublikada biznes aviatsiyasi taraqqiyoti boshlanishiga qadam qo‘yildi.
2017 yil dekabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aerodromni takomillashtirish loyihasi bilan tanishish chog‘ida O‘zbekistondan biznes-aviatsiyasini rivojlashtirish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tgandi.