TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Farg‘ona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi viloyat IIB axborot xizmati.
17 noyabr kunidan 18-noyabr kuniga o‘tar kechasi Farg‘ona tumani, “Gulshan” MFY, Samo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o‘g‘li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish oqibatida hodisa joyida vafot etdi.
Tergov tezkor guruhi voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.