“Tajovuzkorlik kuchayadi”: Energetik ichimliklarning xavfli ta’siri qanday kechadi

Shifokorlarning ogohlantirishicha, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Amerikalik tadqiqotchilar energetik ichimliklar yurakdagi QT intervali (yurakning elektrik sistolasi)ni o‘rtacha 2 soatda 10 millisoniyaga oshiradi, degan xulosaga kelishdi.
“Agar millisoniyalarda o‘lchanadigan ushbu vaqt oralig‘i haddan tashqari uzun yoki kalta bo‘lsa, yurak urushida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu esa hayot uchun xavfli bo‘lgan aritmiyaga olib kelishi mumkin”, deb ta’kidladi olimlar.
"Energetik ichimliklar meyoridan ortiq iste’mol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko‘payib ketadi, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxova. — Shakarning ortiqcha qismi yog‘ga aylanadi va insulin organizmda ko‘payib, qandli diabetga olib keladi. Eng yomoni, odam bu ichimlikka beixtiyor bog‘lanib qoladi”.
Shifokorlarning ogohlantirishicha, quvvatbaxsh ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.
Masalan, 45 daqiqadan so‘ng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qo‘zg‘atadi. 70-80 daqiqadan keyin aks ta’sir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi.
Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni o‘tmaslashib, darslarni o‘zlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tug‘ilishi ayni shunday illatlarning ham asorati bo‘lishi mumkin.
SSV energetik ichimliklar sog‘liqqa qanday zarar keltirishini aytdi