O‘zbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi yakunida 600 ta ikki tomonlama bitim imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida umumiy qiymati 9 mlrd dollarga teng 600 ta ikki tomonlama bitim imzolangan. Jumladan, 7,4 mlrd dollarlik 141 ta investitsiyaviy loyiha va 1,6 mlrd dollarlik 455 ta eksport shartnomasi imzolandi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma Loyiha ofisi investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini to‘liq kuzatib boradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, ikki mamlakat hududlari ma’muriyatlari istiqbolli tarmoqlarda 75 ta yangi investitsiya loyihasi ustida ish boshlashadi.
Rossiyaning qaysi hududlari O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda
Tadbir davomida metallurgiya, energetika, kimyo, elektrotexnika, charm-poyabzal, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoati, suv xo‘jaligi, neft-gaz tarmog‘i hamda bank-moliya sohasi kabi hamkorlik yo‘nalishlarida bir qator kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib beradi – Mirziyoyev