O‘zbekiston ayrim mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini taqiqladi

O‘zbekiston Yaqin Sharqning ayrim davlatlari va Afg‘oniston fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston oltita mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda RIA Novosti “O‘zaviatsiya” agentligidagi manbasiga tayangan holda yozmoqda.
“17 noyabrdan boshlab Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekiston orqali Belarusga tranzitni amalga oshirishi vaqtincha cheklanadi”, - deyilgan xabarda.
Aviakompaniyalar O‘zbekiston orqali amalga oshiriladigan tranzit reyslarda ushbu cheklovni e’tiborga olgan holda chipta sotishni tashkil etishi lozim.
Cheklov diplomatik pasport vakillari va Belarusda yashash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga taalluqli emas.
Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda