Gaz “zapravka”larda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) cheklovlar joriy qilinadi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda 2022-yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.
“Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tadi.