Amir Temurdan - SSSRgacha: O‘zbekiston bayrog‘ining geraldik ajdodlari

Bundan 30-yil avval ushbu O‘zbekiston bayrog‘i rasman qabul qilingan edi, lekin uning tarixiy ildizlari o‘rta asrlarga borib taqaladi. Batafsil maqolamizda tanishing.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun 18-noyabr - O‘zbekistonda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Har qanday mustaqil davlatning asosiy ramzlari gerb, madhiya va bayroqdir. Amaldagi bayroq o‘zbek xalqining butun madaniy chuqurligini o‘zida aks ettiruvchi bir necha davr va avlod an’analarini o‘zida mujassam etgan.
Xususan, bayroqdagi Moviy ko‘k rang - musaffo osmon va suv, ya’ni hayot ramzi. Oq rang - tinchlik, poklik va xayollar tozaligini anglatadi. Yashil rang – tabiat yangilanishi, yoshlik va umid ramzi. Qizil - tirik hayot ramzini anglatadi.
Yarim oy va yulduzlar - yangi tug‘ilgan yarim oy mustaqillik ramzi. 12 yulduz qadimiy solnoma va O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan 12 davlatni anglatadi
Aytish joizki, bugungi O‘zbekistonning qadimiy ajdodi Amir Temur bayrog‘i ham moviy rangda bo‘lgan.

Amir Temur bayrog‘i

Hozirgi O‘zbekiston hududida joylashgan davlatlarning tarixda ma’lum bo‘lgan bayrog‘i - bu 14-asr oxiridan 16-asr boshlarigacha mavjud bo‘lgan Temuriylar imperiyasi bayrog‘idir.
Uning asoschisi Amir Temur ispan elchisi Rui de Klavixoning guvohligiga ko‘ra, o‘zining shaxsiy muhrida uchburchak shaklida joylashgan uchta doira tasviridan foydalangan. Ular tangalarda ham zarb qilingan. Vaqt o‘tishi bilan bu ramz imperiya bayrog‘iga o‘tdi.
Biroq uning qanday fonda joylashgani to‘liq aniq emas – masalan, “Temur tamg‘asi” goh moviy ko‘k, goh to‘q ko‘k yoki qora fonda tasvirlangan. Tarixchilar ham bu timsol nimani anglatishi haqidagi savolga haligacha aniq javob bera olmaydilar.
Eng keng tarqalgan naqlga ko‘ra, doiralar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan dunyoning uch qismini (Osiyo, Evropa va Afrika) anglatadi va bayroq egasi uch qit’a xo‘jayini ekanligi tushunildi.
Odin iz veroyatnix variantov vneshnego vida flaga imperii Timuridov
Boshqa olimlar uchun - yer, suv va osmonni ifodalaydi. Shunga o‘xshash belgilar Xitoy va Yaponiya madaniyatlarida ham mavjud.
Nima bo‘lganda ham, oradan ko‘p asrlar o‘tib, 1890-yilda tasdiqlangan Samarqand viloyati gerbida uchta doira paydo bo‘ldi.
XX asrda esa ular umumjahon mavqeyiga ega bo‘ldi. 1935-yilda qabul qilingan Rerix pakti– Tinchlik bayrog‘ining asosiy ramziga aylandi. Ushbu umuminsoniy xalqro hujjat – butun insoniyat tomonidan o‘tgan, hozirgi va kelajak zamonlarda yaratiladigan madaniy me’rosni himoya qilishga qaratilgan.

Ikki xonlik va bir amirlik

XVI asrda Markaziy Osiyo hududida ikki yangi davlat paydo bo‘ldi— Buxoro xonligi (1756 yildan — amirlik), Xiva va Qo‘qon xonliklari paydo bo‘ldi.
Ularning hukmdorlari o‘z bayroqlarini o‘rnatishni unutmadilar. O‘sha vaqtda Islom dini davlat asosi bo‘lganligi sababli ularda islom an’analariga xos bo‘lgan ramzlar tasvirlangan edi.
Xullas, 1868-yilda qabul qilingan Buxoro bayrog‘ida oltin yarim oy va yulduzni, shuningdek, arab tilida shahodat va Fotimaning qo‘lini (hamsu) balodan himoyalanish belgisini qo‘llaganlar. Bayroq rangi yashil edi.
Primerniy vneshniy vid flaga Buxarskogo emirata, utverjdenniy v 1868 godu
Qo‘qon va Xiva bayroqlari oddiyroq: ularda yashil, oq yoki qora fonda yulduzli yarim oygina tasvirlangan. 19-asrning 2-yarmida Buxoro va Xiva Rossiyaning protektoratiga aylandi, Qo‘qonning barcha yerlari bevosita chor ma’muriyati tasarrufiga o‘tdi. Shunga qaramay, Buxoro amirligi va Xiva xonligining davlat bayroqlari 1920-yilgacha, ya’ni O‘rta Osiyoda sovet hokimiyati o‘rnatilgunga qadar saqlanib qolgan.

Islomiy yarim oy yonida o‘roq va bolg‘a

Oktabr inqilobidan keyin viloyatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi sezilarli darajada o‘zgardi. Turkiston general-gubernatorligi o‘rnida poytaxti Toshkent bo‘lgan Turkiston Muxtor SSR tuzildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi esa Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalariga aylandi.
Turkiston muxtoriyati RSFSR tarkibida bo‘lgan va o‘z bayrog‘iga ega bo‘lmagan, biroq amalda arab alifbosi va rus tilida yuqori chap burchakda TASSR qisqartmasi bilan qizil matoning turli xil variantlari ishlatilgan.
Buxoro va Xorazm XSRda o‘ziga xos geraldik belgilar mavjud bo‘lib, ular umumiy xususiyatga ega edi. 1920-yillarning boshlarida mintaqada bolsheviklarga qarshi kayfiyat kuchli edi, shuning uchun yangi hukumat milliy-diniy ramzlarni keskin o‘zgartirishni istamay ularni bayroqlarda qoldirib, murosa qilishga qaror qildi. Natijada aralash belgilar paydo bo‘ldi: islomiy yarim oy va besh qirrali yulduz, lekin yashil rangda emas, balki inqilobiy qizil fonda bayroq paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, ularda mehnat qurollari ham tasvirlangan edi. Hattoki 1923-24 yillarda SSSR tarkibiga kirgandan keyin ham har ikki respublikaning bayroqlari biroz o‘zgargan xolos.
Flag Xorezmskoy Narodnoy Sovetskoy respubliki v 1920-1923 godax

Milliy xususiyatga ega bo‘lgan sovet O‘zbekistoni

Ittifoqda 1924-yilda etnik belgilar bo‘yicha amalga oshirilgan yangi ma’muriy-hududiy demarkatsiya jarayonida O‘zbekiston SSR tuzildi. Yangi davlatga yangi bayroq kerak edi va u bir yildan keyin tasdiqlandi.
Ktrby islomiy o‘tmish uchun unda joy yo‘q edi: 1925-yildan 1952-yilgacha davlat ramzi olti marta o‘zgartirildi, ammo variantlarning hech birida yarim oy, yulduz yoki boshqa diniy ramzlar tasviri paydo bo‘lmadi. Bayroqning o‘zi juda oddiy edi: yuqori chap burchakda o‘zbek (avval lotin, keyin kirill alifbosi), tojik (1926 yilgi versiyada) va rus tillarida respublika nomining qisqartmasi tushirilgan qizil mato edi xolos.
Flag Uzbekskoy SSR na ploshad Drujbi narodov v dni provedeniya desatogo Mejdunarodnogo kinofestivalya stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki.
1952 yilda qizil bayroq bo‘ylab oq hoshiyali ko‘k chiziq, qutb tepasida besh qirrali yulduz ostida o‘roq va bolg‘a o‘rnatilganda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Rasmning rasmiy talqini yo‘q edi. Ba’zan uni ko‘k chiziq osmonni bildiradi yoki bu Amudaryo va Sirdaryo bo‘lib, ularning qirg‘oqlarida gullayotgan paxta dalalari tasvirlangan deyishardi.

O‘tmishni unutmasdan

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 1991-yil 31-avgustda navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. Bir necha oy o‘tgach, yosh davlat o‘zining asosiy atributlari - bayroq, gerb va madhiyaga ega bo‘ldi. Asosiy bayroqning ko‘rinishini tanlash uchun Oliy Kengashning maxsus komissiyasi chaqirilib, unda O‘zbekistonning yangi bayrog‘ining 200 dan ortiq varianti ko‘rib chiqildi.
Finalga chiqqan uchta ishtirokchidan yakuniy variant 18-noyabr kuni tanlab olindi. Zamonaviy O‘zbekiston bayrog‘i milliy an’analar va ko‘p asrlik tarixni o‘zida mujassam etgan: unda Amir Temur bayrog‘ida bo‘lgan ko‘k rang, islom madaniyatiga xos bo‘lgan yashil va yarim oy o‘zining munosib o‘rniga qaytdi.