TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Qor sabab bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ob-havo noqulayligi sabab bir qator xalqaro reyslar parvozini kechiktirdi, deb xabar qildi “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram kanali.
Ular orasida: HY-271 Toshkent—Istanbul, HY-717 Toshkent—Dushanbe, HY-333 Toshkent—Dubay, HY-761 Toshkent—Olmaota reyslari mavjud.
Shuningdek, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar ham qoldirilgan: HY-051 Toshkent—Urganch; HY-011 Toshkent—Nukus.
Bortlar muzlashga qarshi majburiy qayta ishlov — parvozdan oldin yerda havo kemasi yuzasidagi muzlarni yo‘qotish va ularning parvozga qadar kritik yuzalarda paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan qayta ishlovni kutmoqda.