Sobanin Moskvadagi migrantlar sonini qisqartirishni topshirdi: bu kimlarga taalluqli

Moskva meri shahardagi yaqin mintaqalardan bo‘lgan rossiyaliklarni ko‘proq jalb qilish kerakligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Moskvadagi rennovatsiya dasturi bo‘yicha uy qurilishlarida migrantlar soni kamaytirilishi kerak. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobanin Baumanskaya ko‘chasida qurilgan uylarni ko‘zdan kechirayotib ma’lum qildi.
“Yaqin mintaqalardan bo‘lgan rossiyaliklarni ko‘proq jalb qiling, ish haqini oshiring, ish sharoitlarini yarating”, - dedi Sobanin “Krost” pudratchi firmasi bosh direktori Aleksey Dobashinga murojaat qilib.
Shahar meri mehnat unumdorligi, qurilishni mexanizatsiyalashtirish va sanoatlashtirishni oshirish zarurligini ta’kidladi.
Dobashin o‘z navbatida so‘nggi yilda kompaniya obyektlarida ishlayotgan xorijlik quruvchilar soni 15 foizga qisqarganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori malakali quruvchilar 120-150 ming rubl atrofida olishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Andrey Bochkarov Moskva hukumati qurilishlardagi migrantlardan to‘liq voz kechmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.
Moskva qurilishlardagi migrantlardan voz kecha oladimi – ekspert fikri