Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev yangi prezidentlik davrida birinchi davlat tashrifi bilan Rossiyaga kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr juma kuni davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasiga kelmoqda.
Bu haqida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Moskvada bo‘lib o‘tayotgan II Rossiya va O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi doirasida xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida amalga oshirilayotgan ushbu forumda O‘zbekistonning qator korxona va muassasalari ishtirok etmoqda. Xususan, forum doirasida Rossiya va O‘zbekiston ta’lim vazirliklari orasida qator muhim shartnomalar imzolanganini biroz oldin xabar bergan edik.
Aytish joizki O‘zbekiston prezidentining Rossiya Federatsiyasiga ushbu tashrifiga 2-yildan ortii vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Ikki davlat korxona va muassasalari, vazirliklari orasida ko‘plab muzokaralar o‘tkazilgan, qator shartnoma va memorandumlar imzolash uchun tayyorlangan edi.