Emlash va QR-kod: o‘zbek diasporasi Rossiya hukumatidan yordam so‘ramoqchi

Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi migrantlarga QR-kodlarini berish masalasida xat tayyorlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Mehnat migrantlariga yordam beruvchi Rossiya tashkilotlari koronavirusga qarshi emlashni tashkil etish va QR-kodlarini berish masalasida Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlariga murojaat tayyorlamoqda.
Rossiyada kiritilayotgan QR kod tizimi xorijliklarga qanday ta’sir qiladi?
Bu haqda Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi raisi Ibrohim Xudayberdiyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya hududlarida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari COVID-19 ga qarshi emlanish va QR-kod olishda qiyinchiliklar haqida shikoyat qilmoqda.
“Hududlar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lmagani uchun xorijliklarni emlashga ruxsat bermayotgani haqida xabar kelmoqda. Ular emlana olmayapti va bundan keyin kodlar berilmayapti”, - dedi Xudayberdiyev RIA Novosti’ga.
Migrantlar emlanish uchun imkoniyat topa olmayapti, emlana olmaganlar esa uyda qolib, faqat oziq-ovqat do‘koniga borishga majbur bo‘layotgani haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda, deb tushuntirdi u.
Ta’kidlanishicha, migrantlar uyushmalari Rossiya rasmiy tuzilmalariga migrantlarga emlash va QR-kodlarini olishga ruxsat berilishi yuzasidan xat tayyorlamoqda.
“Hozir biz shunday xat tayyorlayapmiz va uni kim imzolashi va uni qayerga – ehtimol Rospotrebnadzorga jo‘natish masalasini hal qilyapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi kongress raisi.