Toshkentda yana bir necha yangi metro bekatlari quriladi - Mirziyoyev

Toshkentda yaqin besh yil ichida Chilonzor metro yo‘lini TTZ tomonga bir necha kilometr uzaytirish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Toshkentda metro transportini rivojlantirish, yangi yer osti va yer usti bekatlari qurish masalalari prezident huzurida muhokama qilindi.
Xususan, “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ko‘rib chiqilgan loyihalarda, jumladan yangi yerosti yo‘lini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish masalasi muhokama qilindi.
Obsujdenie proyekta novix liniy metro v Tashkente s prezidentom
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yo‘lovchilar soni 62 ming kishi bo‘ladi. Ikkinchi variantda esa masofa salkam 8 kilometr bo‘lib, kuniga 55 ming kishiga xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Qurilish ishlari besh yilga mo‘ljallangan.
Yerusti metrosining ikkinchi bosqichi qurilishi ham muhim loyiha. Unga ko‘ra, Qo‘yliq dahasidan Sergeli yo‘lining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi. Bekatlar soni yettita bo‘lishi, kuniga 38 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda.
Obsujdenie proyekta novix liniy metro v Tashkente s prezidentom
Yana bir loyihaga ko‘ra, Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilib, yonida halqa shaklida aylanma ko‘prik qurish ko‘zda tutilgan.