Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

O‘zaro hamkorlik memorandumi infratuzilma, harakatlanuvchi tarkib va yo‘lovchi tashish sohalari qamrab olgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Toshkent metropoliteni va Rossiyaning "Transmashxolding" kompaniyasi o‘zar hamkorlik memorandumi imzolashdi.
"Transmashxolding" AJ hamda "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi Toshkent shahrining metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq memorandum imzolashdi.
Shartnomaning imzolanishi Toshkent metropolitenini infratuzilmasini, harakatlanuvchi tarkibni yangilash. Jarayonlarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, xavfsizlik jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Undan tashqari mikroprotsessorli boshqaruv va dispetcherlik tizimini joriy etish yer usti yo‘lovchi transport tizimini metropolten bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shuningdek shahar yaqinidagi va shahar yo‘lovchi transport tizimlarini birlashtiriuvchi transport xablari yaratiladi.
Amal qilish muddati 2022-yildan 2032-yilgacha bo‘lgan shartnomani "Toshkent metropoliteni" tomonidan Rahmaonbek Usmonov hamda TMX bosh direktori Kirill Lipa imzolashdi.
Aytish joizki "Trasmashxolding"ning Kompetensiyalar markazi va "Toshkent metropoliteni" orasida hamkorlik 1977-yilda O‘zbekiston poytaxtidagi yer osti transporti ishga tushgan vaqtidan boshlab o‘rnatilgan. TMX dunyodagi eng yirik metro poyezd va vagonlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biridir. Uning mahsuloti dunyoning 11 mamlakatida 19ta shahar metropolitenlarida xizmat ko‘rsatmoqda.
Toshkentda yana bir necha yangi metro bekatlari quriladi - Mirziyoyev