O‘zbekiston MO davlatlari bilan internetni rivojlantirish masalasini muhokama qiladi

O‘zbekiston MO davlatlari bilan internetni rivojlantirish va nazorat qilish masalasini muhokama qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari “Markaziy Osiyoda internet sohasini rivojlantirish "InternetCA-2021” forumida ishtirok etib, internetni tartibga solish masalalarini muhokama qiladi.
Onlayn va gibrid formatidagi muhokamalar 18-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Internet va yoshlar: O‘zbekistonda yangi nodavlat media markazi ochiladi
Ularda Avstriya, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistondan mehmonlar ishtirok etadi.
Soha mutaxassislari onlayn-resurslarni bloklash va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ham muhokama qiladi.
Xalqaro tajriba doirasida ular davlatning internetni tartibga solish faoliyatini muhokama qiladilar, internet tarmog‘ining milliy segmentlarini o‘z-o‘zini tartibga solish imkoniyatlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradilar.
Forum mehmonlari, shuningdek, Qozog‘istonning bolalarni kiberbullingdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilik tashabbusini baholaydilar, shuningdek, Tarmoqni tartibga solish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining milliy amaliyotlari haqida gapiradilar.