TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Milliy atlas 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma’lumotnoma asari hisoblanadi.
Atlasda mamlakatning tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixi aks ettirilgan.
Milliy atlas Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasi olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy ta’lim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratilgan.