TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Eron Islom Respublikasi janubida magnitudasi 6,3 va 6,4 balli kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Mehr agentligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yer osti silkinishlari episentri Xormozgan viloyati Bandar-Abbas port shahri yaqinida 18 va 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Yer qimirlashi oqibatida Gnu tog‘ida ko‘chki sodir bo‘lgan.
Tehron universitetining geofizika instituti Seysmologik markazi xabariga ko‘ra, birinchi yer qilimirlashi yakshanba kuni soat 15:36da 18 km. chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Ushbu tabiiy ofat oqibatida bir kishi qurbon bo‘lgan, jarohatlanganlar soni esa 27 kishiga yetgan.
Eronda sodir bo‘lgan yer osti qimirlashi qo‘shni davlatlarda ham sezilgan. Xususan BAAning shimoliy va sharqiy viloyatlarida.