Buxoroda 2 ishchini tuproq va qum bosib qoldi

Buxoroda suv quvurlari yotqizilayotgan joyda yer o‘pirilishi sabab 2 kishi vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Buxoro viloyati Kogon shahrida tuproq o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.
Namanganda sobiq "uchastkovoy"ga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 16-noyabr kuni soat 14:50 da Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida “61-avtokorxona” MChJ tomonidan yer 5–6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘ida kovlangan holda 1000 millimetrli suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.
Viloyat FVB qutqaruvchilari voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqdi.
Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.