Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya’ni "Voljskiy - Toshkent" yo‘nalishiga chiptalar sotib olish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Noyabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga beshta maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Poyezdlar 15, 19, 22, 26 va 29-noyabr kunlari soat 20:57 da "Voljskiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Rossiya onlayn chipta sotish manbaaliga ko‘ra, Volgrad shahridan yo‘lga chiqadigan ushbu poyezdga chipta narxi 12439 rubl turadi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu maxsus reyslar "Voljskiy-Toshkent" yo‘nalishida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirlmoqda, - deyilgan xabarda.