O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Gruziyaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi

“Oq bo‘rilar” Gori shahridagi stadionda gruziyalik raqiblariga qarshi maydonga tushishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Gruziya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Oq bo‘rilar” Gori shahridagi “Tengiz Burjanadze” stadionida gruziyalik raqiblariga qarshi maydonga tushishdi.
O‘yinning 40 daqiqasida David Volkov gruziyaliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda jamoalar gol urishga muvaffaq bo‘lishmadi. Shu tariqa O‘zbekiston Gruziyaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Avvalroq Srechko Katanes shogirdlari Iordaniyaga 0:3 hisobda mag‘lub bo‘lishgan edi.