TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston ta’lim delegatsiyasi 16-17 noyabr kunlari Moskva shahrida tashkil etiladigan Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumida ishtirok etadi.
“Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi an’anaga aylangan Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi”, - deyilgan Oliy ta’lim vazirligi xabarida.
Forumda ikki davlat ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik borasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya-O‘zbekiston birinchi ta’lim forumi 2018-yil 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi. Forum yakunlari bo‘yicha 130 ga yaqin bitim imzolangan.