TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Toshkent shahar IIBB tomonidan masjidlardan birida namoz vaqtida 2 ta telefon o‘g‘irlagan yigit qidirilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea 13-noyabr kuni taxminan soat 12.30 larda sodir bo‘lgan. Sergeli tumanidagi masjidlardan birida noma’lum shaxs namoz o‘qish uchun kelgan fuqaro R.J.ning umumiy qiymati 3.500.000 so‘mga teng bo‘lgan 2 dona uyali telefon apparatini o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O‘g‘irlik") alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda, deyilgan xabarda.
Suratda aks etgan kishi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlar 102 raqamiga xabar qilishi so‘ralgan.