Toshkentda noma’lum erkak o‘quvchi qizni berk ko‘chaga olib kirishga urindi

Internetda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizni noma’lum erkak "tupikka olishga" uringani aks etgan videolavha tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum shaxs maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizni berk ko‘chaga olib kirishga uringani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB bu holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 10-noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Mazkur fakt bo‘yicha tuman IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.
Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Toshkentda pedofil qo‘lga olindi