Shavkat Mirziyoyev qachon Rossiyaga tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

Kelasi hafta Rossiya va O‘zbekiston yetakchilari muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda “Rossiya 1” telekanali xabar qilmoqda.
“Rossiyaga Putin bilan muzokaralar o‘tkazgani O‘zbekiston prezidenti kelmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov va unda g‘alaba qozonganidan keyingi birinchi xorijiy safari ekanini inobatga olgan holda o‘ta muhim voqea”, - deya ma’lum qilindi “Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvida.
Qayd etish joizki, Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi aynan qaysi kunlari amalga oshirilishiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurishi xabar qilingan edi.
Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan – Rossiya TIV
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi 2020-yilda amalga oshirilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab u ortga surilgan.