Qo‘llari qaychi Shuhrat: o‘zbekistonlik sartarosh Ginness rekordini o‘rnatdi – video

Taniqli sartarosh Shuhrat Ismatillayev 10 soat ichida yuzdan ziyod kishining sochini olib, rekord o‘rnatdi
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Taniqli o‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev 10 soat ichida 110 kishining sochini olib, Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Qayd etish joizki, rekord uchun 100 kishining sochini olish kifoya edi. Ammo Ismatillayev dastlabik rejani ortig‘i bilan bajardi.
Shuhrat Ismatillayev Sputnik agentligiga bergan intervyusida 10 soat davomida u va uning yordamchilari bu vaqt mobaynida tik oyoqda turishgani va eng ko‘pi bir stakandan suv ichishganini ma’lum qildi.
“Stop!” signalidan keyin oyoqlarim og‘rishni boshladi, qolganlari hozircha yaxshi. Ish vaqtida taxminan 100 gramm suv ichdim. Ovqat borasida hatto o‘yladim. Bugun tushimda soch olishni davom ettirsam kerak, lekin bir necha kun hech qanday pulga hech kimning sochini olmayman”, - deya hazil qiladi Shuhrat.
U uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi va bu kelajakda rejalari bisyorligini aytdi.
“Men ota-onam, do‘stlarim va yurtim men bilan faxrlanishlari uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q – keyingi qadam Jahon chempionati bo‘ladi”, - dedi u.
O‘zbekistonik sartarosh jahon rekordini qanday o‘rnatganini Sputnik videosida tomosha qiling.