Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida o‘q ovozi: nima ro‘y berdi

Qirg‘izistonlik harbiylar quroldan foydalanishga majbur bo‘lib, havoga uch marta o‘q uzishgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qirg‘istonlik chegarachilar O‘zbekiston bilan chegaradagi kontrabandachilarni to‘xtatish uchun qurol ishtatishga majbur bo‘lishdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Aksi tumanining Taza-Suu hududida chegarachilar Ak-Dobo qishlog‘ining 50 nafarga yaqin aholisini aniqlashgan.
“Ular mayda shoxli qoramollarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib o‘tishga urinishgan. Bu payt chegaradosh tomonda kontrabandachilarning sheriklari podani kutib turishgan”, - deyilgan xabarda.
Kontrabandachilar chegarachilarning qoramol o‘tkazishni to‘xtatish to‘g‘risidagi talablarini e’tiborsiz qoldirishgan. Shuning uchun harbiylar quroldan foydalanishga majbur bo‘lib, havoga uch marta o‘q uzishgan.
Voqea joyiga Ala-Buka chegara otradi komandiri va Aksi tumani IIB xodimlari yetib kelishgan. Ular qonunbuzarlar bilan suhbat o‘tkazishgan, shundan so‘ng aholi tarqalgan.
Keyinroq xuddi shu yerda chegarachilar O‘zbekiston hududiga o‘tkazish uchun o‘z mashinasiga 16 bosh mayda shoxli qoramolni yuklagan 27 yoshli qirg‘izistonlikni qo‘lga olishgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qoramol narxi 190 ming qirg‘iz somini (24 mln so‘m) tashkil etadi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmati vakillari kontrabandaga qarshi kurashishga oid tadbir o‘tkazishgan. Hozir chegaradagi vaziyat barqaror.