TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat belgili raqam berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirilib beriladi.
Bundan tashqari, onlayn auksion savdo platformasida yutib olingan avtoraqamlar ham elektromobillar uchun alohida qaytadan ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilarini joriy etish taklif qilinayotgani xabar qilingan edi.
Davstatqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan. To‘qqizta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln dollariga teng bo‘lgan 558 ta elektromobil import qilingan.