TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan “MIR 19” preparatining klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi yakunlanmoqda, dedi Federal tibbiyot-biologiya agentligi (Rossiya FMBA) rahbari Veronika Skvorsova.
“COVID-19ni davolash uchun etiotrop antivirus dori “MIR 19” yaratildi, u hozirda klinik sinovlarning ikkinchi bosqichini yakunlamoqda”, - dedi u “Molekulyar diagnostika – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida.
Ilgari Rossiya FMBA uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etgandi, bu jarayon dekabr oyidan kechiktirmay yakunlanishi kutilmoqda.
“MIR 19” - etiotrop dori, aslida virusga qarshi antidot bo‘lib, uning ta’siri RNK aralashuv mexanizmiga asoslangan. U ikkita komponentdan iborat: faol modda - kichik interferent RNKlar - va tashuvchi-peptid.
Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, bu COVID-19 ga qarshi vaksina emas, balki ingalatsion dori. Uning nojo‘ya ta’siri yo‘q edi. U koronavirus genomining replikatsiyasi uchun javob beradigan qismida harakat qiladi, bu virusning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir kasal bo‘lgan bemorlar emlanganlar ulushi 0,03 foizdan kam, kasalxonalardagi bemorlarning katta qismi – emlanmagan kishilar. Sentabr oyi oxirida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti SARS-CoV-2dan o‘lim darajasi profilaktik immunizatsiyadan bosh tortish bilan bog‘liqligini e’lon qildi.