O‘zbekistonga go‘sht qayerdan keladi? Savolga Bishkekda javob berishdi

“Qirg‘iziston Respublikasi chorvadorlar ittifoqi” uyushmasi prezidenti Tilek Ashimov Rossiya mollari O‘zbekistonda sotilishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. “Qirg‘iziston Respublikasi chorvadorlar ittifoqi” uyushmasi prezidenti Tilek Ashimov aytishicha, Qirg‘iziston orqali “tranzit” orqali olib kelingan Rossiyada yetishtirilgan mollar O‘zbekistonda sotiladi.
Bu haqda Sputnik Qirg‘izistondan hamkasblarimiz xabar qildi, Bishkekda a Rossiya kompaniyalarining xalqaro ko‘p tarmoqli biznes missiyasi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston go‘shtni asosan qaysi davlatdan sotib olmoqda
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari tanqisligi va buning natijasida uning narxi o‘sishi kuzatilmoqda. Buni uddaburon qirg‘izistonliklar ko‘rib, hozir ular Rossiyada qoramollarni faol ravishda sotib olib, qo‘shnilariga sotishmoqda.
“Vaziyatni o‘rganishni boshladim. Albatta, Xitoy bozori biz uchun qiziq, biroq O‘zbekiston yaqin joyda joylashgan bo‘lib, u yerda qishloq xo‘jaligi hayvonlari, asosan, qoramollarga talab bor. O‘zbekistonliklar bizdan chorva mollarini juda faol xarid qila boshladi. Juda ko‘p qoramol Rossiyadan soti olinadi, keyin Qirg‘izistonga olib kelinib, keyinchalik O‘zbekistonga sotilmoqda”, - dedi Ashimov.
O‘zbekiston chorvachilikni rivojlantirish orqali go‘sht importiga bog‘liqlikdan chiqishga harakat qilmoqda. Mamlakat parranda va mayda chorvachilikni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo qoramol bilan bog‘liq vaziyat yomonroq: geografik va tabiiy xususiyatlar tufayli sigirlarni yetishtirishda muammolar bor, shuning uchun ularni chetdan olib kelishga to‘g‘ri kelmoqda.