TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Nyu-York akademiyasining haqiqiy a’zosi, professor Xodjayev Shabat Xodjayevich 98 yoshda olamdan ko‘z yumdi.
Xodjayev Sh.X. 1924-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1946-yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.
1946 yil noyabr oyida Sobiq Ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutiga aspiranturaga o‘qishga qabul qilindi (Moskva). Aspiranturani tamomlagach, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1951-yilgacha shu institutda ishladi.
1961 yilda Sh.X.Xodjayev Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida yuqumli kasalliklar kafedrasi professori, 1962-1965 yillarda ilmiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan, 1964-yildan esa bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasini tashkil etib, 40-yil davomida unga rahbarlik qilgan.
Sh.X.Xodjayev 1967-yilda O‘rta Osiyoda ilk bor 1-klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida virusologiya laboratoriyasini yaratdi va O‘zbekistonda birinchi marta gripp va boshqa o‘tkir respirator kasalliklar diagnostikasi uchun immunofluoressensiya reaksiyasini joriy qildi. Klinik immunologiyada olib borilgan ishlarning katta bosqichi natijasi o‘laroq Moskvada nashr etilgan "Immunologiya bo‘yicha qo‘llanma" (1973) monografiyasi bo‘ldi.
1979 yilda Sh.X.Xodjayev D.I.Ivanovskiy nomidagi Virusologiya institutining O‘zbekistondagi filialini tuzib, unga rahbarli qildi. O‘zR SSV Virusologiya institutiga asos solib, unga 2004-yilgacha rahbarlik qilgan.
Professor Xodjayev Virusli gepatit sohasida ish boshlagan holda O‘zbekiston aholisini gepatit virusiga qarshi ommaviy emlash g‘oyasini ilgari surib, bosqichma-bosqich amalga oshirdi. 1990-1991 yillarda Sh.X.Xodjayev rahbarligida Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virusli gepatit B ga qarshi emlash dasturi ishlab chiqildi.