TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiyani COVID-19ning 4-to‘lqini qamrab oldi va u avvalgilariga qaraganda ancha tez tarqalmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashkoning ta’kidlashicha, asoratlar ham "klassik" uxan shtammi avj olgan davrga qaraganda tezroq rivojlanmoqda.
Endi bemorlarda ko‘proq COVID-19 delta shtammi aniqlanmoqda.
Rossiya qachon koronavirusni yengadi? Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, shuningdek, Gamaleya institutining bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn o‘z bashoratini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya kelasi yili tugaydi.
"Pandemiya biz bilan abadiy yashamaydi, lekin men bunga juda optimistlik bilan qarayman, o‘ylaymanki, kelgusi yilda insoniyatning katta qismini emlashga muvaffaq bo‘linadi va pandemiya “o‘chib qoladi”", - dedi u “RIA Novosti” bilan suhbatda.
Biroq, buni aniq tushunish kerak: virus yo‘qolmaydi. Dunyo yana epidemiyalar bo‘lishiga tayyorlanishi kerak. Shuning uchun emlash juda muhim, deb ta’kidladi Altshteyn.