TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 12 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hukumat rahbarlari kengashining videokonferensiya formatida navbatdagi majlisi boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
O‘zbekiston bosh vazirining nutqidan asosiysi:
- Bu yil MDH 30-yilga to‘ladi. Tarixan qisqa vaqt ichida Hamdo‘stlik hamkorlikning muhim ko‘p tomonlama platformasiga aylandi.
- O‘zbekiston 2022-yilda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishni taklif qilmoqda. Kelgusi bahorda respublika MDH sanoat kooperatsiyasi forumi va ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
- Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l magistrali MDH tranzit salohiyatini oshiradi.
- MDHga a’zo davlatlar mehnat migrantlarining sertifikatlarini o‘zaro tan olishlari zarur.
- Turizmni tiklash uchun MDH davlatlarining sog‘liqni saqlash tizimlarini muvofiqlashtirish zarur. Hamdo‘stlik hududida sanitariya cheklovlarini hisobga olgan holda erkin harakatlanish zonasini yaratish mumkin.