YouTube dizlayk hisobini berkitadi – sabablar

YouTube kontent mualliflarini hujumlardan himoya qilish uchun dizlayklar sonini berkitishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. 10 noyabrdan boshlab YouTube videoxostingi videolar ostidagi dizlayk hisoblagachni berkitishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
“Olingan ma’lumotlar asosida biz salbiy baholar statistikasini berkitamiz. Uni faqat kontent mualliflari ko‘rishi mumkin, lekin “yoqmadi” tugmachasi saqlanib qolinadi”, - deyilgan xabarda.
Videoxosting yaratuvchilari bu kontent mualliflarini hujumdan va foydalanuvchilar tomonidan sun’iy ravishda salbiy baholarni ko‘paytirishdan himoya qilishiga umid bildirishmoqda.
“Biz o‘zaro hurmat va inklyuziv muhit yaratishni maqsad qilganmiz. U yerda mualliflarda muvaffaqiyatga erishish va o‘zini xavf-xatarsiz namoyon qilish imkoniyati taqdim etiladi” – deyiladi YouTube bayonotida.
Sukerberg Facebook kompaniyasining nomini o‘zgartirdi