O‘zbekistonda yangi sog‘liqni saqlash vaziri tayinlanishi kutilmoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Qonunchilik palatasida deputatlar Behzod Musayevni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqib, ma’qullash bo‘yicha qaror qabul qildi.
Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev yozmoqda.
Behzod Musayev 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U 2010-2011 yillarda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018-yilning mart oyida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga, o‘sha yili dekabr oyida esa DSQ raisi etib tayinlangandi.
Behzod Musayev 2020-yilning may oyida bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Amaldagi SSV rahbari Abduhakim Xadjibayev bu lavozimda 2020-yilning noyabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.