O‘zbekistonda 2022-yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda

Bu ular narxlarini 2022-yilda indeksatsiya qilinishi bilan izohlangan.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. 2022-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oshishi kutilmoqda. Bu Hisob palatasining 2022-yil uchun davlat budjeti yuzasidan bergan xulosalarida keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, 2020-2021 yillarda iste’mol narxlari indeksini hisoblash bazasida energiya resurslari, jumladan elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi deyarli o‘zgarmagan.
Budjetnomaga muvofiq mazkur resurslar narxlari 2022-yilda indeksatsiya qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Hisob palatasining hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tovar va xizmatlar narxining oshishi, ularning iste’mol narxlari indeksini hisoblashdagi vaznidan kelib chiqib, umumiy indeks miqdorining 1,52 foiz darajaga oshishiga olib keladi.
2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi mumkin
2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi mumkin