TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Markaziy bank “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Payment Aggregation Systems” MChJ va “Kapitalbank” ATBning “QIWI Uzbekistan” emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan.
Natijada “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan.
Endi u respublika hududida elektron pullarini chiqarishi mumkin.