To‘rt quloqli mutant-mushukcha internet yulduziga aylandi - foto, video

Midas ismli mushuk tug‘ma genetik anomaliya tufayli ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiyada Midas ismli mushuk tug‘ma genetik anomaliya tufayli ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi va o‘z uyini topdi. Mushukning surat va videolari Instagram’da joylashtirildi.
Kadrlarda uning quloq ichida yana ikkita kichik quloq borligini ko‘rish mumkin.
Ladbible portali yozishicha, kichik quloqlar jonivorning eshitishiga xalaqit bermaydi.
Dastlab Midas jonivorlar vaqtincha saqlanadigan boshpanada yashagan, uning xodimlari mushukchaning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdi. To‘rt oylik bo‘lganida, uni mushuk va iti bo‘lgan turkiyalik ayol olib ketdi. Endi mushukchaning internetda sahifasi bor, ayni vaqtda 22 ming kishi obuna bo‘lgan.