TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Rossiyalik mutaxassislar S-550 zenit raketa tizimini yaratishmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Shoygu noyabr boshida Sochida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin “mahalliy havo hujumiga qarshi mudofaa-raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirish muhimligiga alohida qaratganini” ta’kidladi. Shuningdek, Putin mamlakat Qurolli kuchlariga S-350, S-500, S-550 tizimlarini yetkazib berish qayd etgan.
Shu bilan birga Rossiya mudofaa vaziri yangi tizimning biror bir xususiyatlarini ochiqlamadi.