Aholining necha foizi xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga yashashi ma’lum bo‘ldi

Aholining necha foizi maosh, tadbirkorlik va xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga yashashi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Toshkentda aholining 70% maosh hisobiga yashashi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Markaziy bank e’lon qilgan tahliliy ma’lumotda aytib o‘tilgan.
O‘zbekiston aholisi orasida daromadi 7 million so‘mgacha bo‘lgan fuqarolar ulushi 86%ni tashkil qilmoqda, deyilgan xabarda. Ushbu ko‘rsatgich 2 kvartalga nisbatan 3%ga yaxshilangan.

Bunda, aholining deyarli 70% - asosiy daromad manbai sifatida oylik ish haqini ko‘rsatgan. Shuningdek 15 % - tadbirkorlik faoliyatinini qayd etgan. Xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga yashaydiganlar soni esa - 3,4% ni tashkil qilgan.

Toshkentda oylik maoshga kun kechirayotganlar ulushi 68,8%ni tashkil qilgan bo‘lsa, viloyatlar kesimida biroz kamroq. Xususan - Buxorda 61%, Andijonda 58,7%, Toshkent viloyatida 58,1%.
Asosiy daromadni tadbirkorlikdan oladiganlar ulushi Navoiy viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Xarazm viloyatlariga to‘g‘ri keli.
MB hisobotiga ko‘ra, 2021-yilning 3 choragida chakana savdo aylanmasi salkam 10% (9,8%) va xizmatlar aylanmasi salkam 20% (19,5%)ga o‘sgan.