TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi energetik ichimliklarin "Quvvat emas, kulfat manbai!" deb atadi va ularni iste’mol qilayotganlari - irodasi sust, deb atadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxovaga ko‘ra, ushbu ichimliklar tarkibida, odatda, mayoridan ortiq taurin va kofein moddalari bor.
— Yuqori konsentratsiyalangan energetik ichimliklarda ko‘p miqdorda kofein, taurin moddalari bor. Taurin – energetik jarayonni jadallashtiruvchi va nerv sistemasini rivojlantiruvchi modda. Uning inson organizmi uchun sutkalik meyori – 400 mg. Ayrim energetiklar tarkibida esa bu modda 2 barobargacha oshiq bo‘ladi va o‘smirlar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, - deydi mutaxassis.
Rivojlangan davlatlarda energetik ichimliklarning yoshlarga salbiy ta’siri allachon o‘rganib chiqilgan va ularni sotishga tegishli ta’qiq qo‘yilgan.
Xususan, Daniya, Turkiya, Norvegiya, Islandiyada 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish man qilingan. AQShning ayrim shtatlarida esa bunday mahsulotlar sotuvi butunlay taqiqlangan.
JSST ham , 2014-yilda energetik ichimliklarni yoshlar orasida iste’molini cheklash haqida ogohlantirish e’lon qilgan edi.
“Quvvatbaxsh” ichimliklar ilk bor 1960-yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan edi. Ya’ni ular - shifokor tavsiyasiga asosan, meyorida iste’mol qilingan. Lekin keyinchalik biznesmenlar bu mahsulotning tarkibiga bir qancha kimoviy moddalarni qo‘shib, ommaviylatirib yuborishgan.
Aslini olganda, ushbu chiroyli bankalardagi ichimliklarning inson organizmiga uzoq muddatli ta’sirini biror olim yoki laboratoriya o‘rganib chiqdimikan? Yoki hamma pulni reklama va marketingiga sarflab – iste’molchilar sog‘lig‘i bir chetga surib qo‘yildimi.